Startup Base
Tadbirlar
Yangiliklar
Yangiliklar
Startup Base

Asoschilarga muvaffaqiyatli startaplarni yaratish, validatsiya qilish va masshtablashda yordam beruvchi platforma.

+998 71 209 11 99info@startupbase.uz
Oʻzbekiston, Toshkent, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy, 100164

Ekotizim

  • Startaplar
  • Investorlar
  • Mentorlar
  • Akseleratorlar
  • Inkubatorlar

Dasturlar

  • Raqamli startaplar dasturi
  • Mahalliy va xalqaro dasturlar
  • Muvaffaqiyatli startaplar reestri
  • Kraudsorsing platformasi

Tadbirlar

  • Tadbirlar

Yangiliklar

  • Yangiliklar

Yordam olish

  • Startup Advice

Resurslar

  • Hamjamiyat

Hamjamiyat

  • MVPni sinab ko'rish

© 2026 StartupBase. Barcha huquqlar himoyalangan. V1.0.0

IT Park Uzbekistan — dunyoning 10 ta Startup Ecosystem Rising Star 2026 sovrindoridan biri
16-noyabr, 2026Global yangiliklar

IT Park Uzbekistan — dunyoning 10 ta Startup Ecosystem Rising Star 2026 sovrindoridan biri

Özbekiston startap ekotizimining rivoji xalqaro miqyosda e’tirof etildi. 12-noyabr kuni Stenford universitetida bölib ötgan Innovation Stars Summit 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Startup Ecosystem Rising Star 2026 mukofotiga sazovor böldi.

Mukofotni topshirgan Mind the Bridge — baş qarorgohi Kremniy vodiysida joylaşgan, innovatsion ekotizimlar va xalqaro texnologik hamkorlikni rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi xalqaro taşkilot.

Oltita qit’a, 60 ta taşkilot va 10 ta Rising Star

Startup Ecosystem Stars Awards startaplarni qöllab-quvvatlaş, investitsiyalarni jalb qiliş va innovatsion hamkorlikni rivojlantirişga hissa qöşayotgan taşkilotlarni e’tirof etadi.

2026-yilda xalqaro hakamlar hay’ati oltita qit’adan 60 ta taşkilotni taqdirladi. Ulardan 50 tasi Startup Ecosystem Stars, 10 tasi esa Rising Stars maqomini oldi. Bu maqom innovatsion ekotizimlarni rivojlantirişda istiqbolli yondaşuvlar va katta salohiyat namoyon etayotgan taşkilotlarga beriladi.

IT Park Uzbekistan şu öntalikka Turkiya, Portugaliya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, Ruminiya, Kolumbiya, Braziliya va Marokao vakillari qatorida kirdi.

Bu e’tirof Özbekiston uçun nimani anglatadi?

Startap ekotizimining rivoji asosçilar uçun yaratilayotgan imkoniyatlarda körinadi: ğoyani sinab köriş, mentor topiş, investitsiya jalb qiliş va xalqaro bozorlarga çiqiş.

Rising Star 2026 mukofoti — IT Park Uzbekistan’ning şu imkoniyatlarni kengaytiriş yölidagi işlariga berilgan xalqaro e’tirof. U mamlakatda texnologik tadbirkorlik, vençur moliyalaştiriş va global hamkorlikni rivojlantirişga bölgan e’tiborni aks ettiradi.

Özbekistonda xalqaro akseleratorlar, vençur fondlari va innovatsion markazlar bilan hamkorlik kengayib bormoqda. Bu aloqalar mahalliy startaplarga yangi bilim, tajriba va bozorlarga yöl oçişi bilan ahamiyatli.

Mukofot esa IT Park Uzbekistan’ning xalqaro maydondagi taniqliligini oşirib, investorlar va ekotizim hamkorlari bilan yangi muloqotlar uçun zamin yaratişi mumkin.

Stenfordda ekotizimlar kelajagi ham muhokama qilindi

Sammit doirasida IT Park Uzbekistan innovatsion ekotizimlarni rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikka bağişlangan panel muhokamasida ham iştirok etdi.

Turli mamlakatlar vakillari startaplarni qöllab-quvvatlaş, innovatsion infratuzilmani rivojlantiriş va investitsiyalarni jalb qiliş tajribasi bilan örtaqlaşdi. Milliy ekotizimlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va transçegaraviy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Özbekistonlik asosçilar uçun bu jarayonning eng muhim natijasi — öz mahsulotini global bozorda rivojlantiriş imkoniyatlarining köpayişidir. IT Park Uzbekistan’ning xalqaro e’tirofi şu yöldagi navbatdagi muhim qadam böldi.

Mukofot haqida

Startup Ecosystem Stars Awards — Mind the Bridge tomonidan taşkil etiladigan yillik xalqaro mukofot. 2026-yilda u törtinçi bor ötkazildi.

Taşkilotlar oltita yönaliş böyiça baholanadi: startap dasturlari, investitsiyalarni qöllab-quvvatlaş, sanoat bilan hamkorlik, iste’dodlar va tadqiqotlarni rivojlantiriş, innovatsion davlat siyosati hamda davlat xaridlari.

Sizga tavsiya qilamiz

Lissabonda yangi aloqalar: Özbekiston startaplari Web Summit 2026’da

Lissabonda yangi aloqalar: Özbekiston startaplari Web Summit 2026’da

16-noyabr, 2026

Texnologik tashriflardan yangi loyihalargacha: MOM+ va Smarthub Xitoydagi dastur natijalarini sarhisob qildi

Texnologik tashriflardan yangi loyihalargacha: MOM+ va Smarthub Xitoydagi dastur natijalarini sarhisob qildi

16-noyabr, 2026

IT Park Uzbekistan — dunyoning 10 ta Startup Ecosystem Rising Star 2026 sovrindoridan biri

IT Park Uzbekistan — dunyoning 10 ta Startup Ecosystem Rising Star 2026 sovrindoridan biri

16-noyabr, 2026

Startup Advice: New session November 18

Startup Advice: New session November 18

16-noyabr, 2026